22:10 / 15.05.2017
27563

Boku-2017, to‘rtinchi kun. O‘zbekistonda yana 9ta medal

Bugun Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida IV «Islom birdamligi sport o‘yinlari»ning to‘rtinchi kungi musobaqalari davom etdi. Shu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘armasi yana bitta oltin va ikkita kumush hamda oltita bronza medal bilan boyidi.

Avvaliga 41 yoshli Oksana Chusovitina O‘zbekistonga navbatdagi oltin medalni olib berdi.

Tennischi qizlar (Sabina Sharipova va Komola Umarova) finalda Turkiya vakillariga yutqazib, kumush bilan taqdirlanishdi, tennischi yigitlar esa (Saida'lo Saidkarimov va Sergey Fomin) bronza uchun bahslarda Iordaniya vakillaridan ustun kelishdi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

Dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda erkaklar jamoasi ham, ayollar jamoasi ham bronza medallar uchun bahslarda g‘alaba qozondi va delegatsiya hisobiga yana ikkita kumush medal kelib tushdi.

Bronza medal uchun bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston erkaklar jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasi sportchilarini 4:1 hisobi bilan yengdi.

Yana 3ta bronza va bitta kumush medalni og‘ir atletikachilar olib berdi. 

-63 kg vazn toifasida musobaqada ishtrok etgan Kumushxon Fayzullayeva kumush medal sohibiga aylandi. -69 kg vazn toifasida tosh ko‘taruvchi Manzura Mamasoliyeva, -75 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi Omadoy Otaqo‘ziyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 69 kg vazn toifasida Doston Yoqubov bronza oldi.

Foto: MOQ
Foto: MOQ

Shuningdek, Mironshoh Ibrohimov (-49 kg) va Abdulhay Shorahmatov (-56 kg) o‘z janglarida g‘olib bo‘lib, yarim finalga chiqishdi. Ertaga Shorahmatov mezbonlar vakili Tayfur Aliyevga qarshi ringga ko‘tariladi, Mironshoh Ibragimov esa suriyaliklar vakili Hussin Almasir bilan mushtlashadi. 

-69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Boturov esa turkiyalik O‘nder Sipalni mag‘lubiyatga uchratdi va yarim finalga yo‘l oldi.

Ayni vaqtda terma jamoa 6ta oltin, 6ta kumush va 18ta bronza medal bilan 54 davlat orasida uchinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
Top