Butun dunyo böylab 200 mingdan ortiq kompyuterni zararlagan tovlamaçi-virus Wanna Cry virusini iuqerfsodp9ifjaposdfjhgosurijfaewrwergwea.com domen nomini röyxatdan ötkaziş bilan töxtatişga muvaffaq bölindi, deb yozmoqda The Guardian naşri.
@MalvareTechBlog taxallusli dasturçi özining hamkasbi Darian Xass bilan virus yuqorida keltirilgan manzil böyiça murojaat qilayotganini aniqlaşdi va virusning faolligini kuzatiş uçun bu domen nomni röyxatdan ötkazişga qaror qilişdi. Aniqlanişiça, uşbu manzil virusni töxtatiş talab qilinadigan holat uçun uning kodiga kiritilgan bölgan.
"Endi men öz rezyumeimga tasodifan xalqaro kiberhujumni töxtatganimni yozişim mumkin", deb yozgan dasturçi.
Şu tariqa hujumni töxtatişga vaqtinçalik muvaffaq bölindi, çunki xakerlar virusdagi manzilni özgartirişlari bilan kiberhujum davom etişi mumkin.
12 may keçki payt butun dunyodan kompyuterlarning şifrlovçi-dastur tomondan zararlangani haqida ma'lumotlar bildirila boşlagan. Dastur kompyuterdagi barça fayllarni oçib bölmaydigan qilib şifrlab qöygan. Xakerlar fayllarni asl holatiga qaytariş uçun bitkoinlarda tovon puli talab qilişgan.












