Light | 09:27 / 15.05.2017
57374
4 daqiqa o‘qiladi

Bu kadrlardan hayratga tushmagan kishi yo‘q: 10 ta juda go‘zal fotosurat

Aerofotos'yomka ko‘pchilikka yaxshi tanish manzaralarni ajoyib go‘zallik orqali ko‘rsata oladi, hamda tanish joylarni qaytadan chuqur his etish imkonini beradi.

San'atning bu turi 1858 yilda paydo bo‘ldi, o‘shanda Nadar Parij tomlari va bulvarlarini havo sharida, yerdan 500 metr balandlikda turib suratga tushirgandi. Shundan beri fotosuratchilar kameralarni deyarli barcha uchar obektlarda o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi – kabutar va varraklardan tortib, to samolyot va kosmik kemalargacha. Hozircha dronlar ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlangani yo‘q, hamda aerofotos'yomka professionallar, harbiylar yoki josuslar, yoxud o‘ziga to‘q havaskorlar tomonidan keng qo‘llaniladi.

Ayni kunda ajoyib aerofotosuratlarni qilish uchun, bir necha yuz dollarga ega bo‘lish va dronni boshqarish kifoya qiladi. 2014 yildan beri ommabop Dronestagram servisida taxminan 60 mingta shunday fotosuratlar joylandi, yana 900 mingga yaqinini esa Instagram’da #dronestagram heshtegi orqali topish mumkin. Magnum Photos agentligining Parij bo‘linmasi sobiq bosh muharriri Ayperi Karabuda Eser taxminan 250 ta shunday suratni bir necha kun avval Thames & Hudson nashriyoti tomonidan chiqarilgan Dronescapes fotoalbomida yig‘di. «Siz dronlar tufayli kenglikni oddiy fotos'yomkada imkonsiz bo‘lgan uslub orqali tasvirga tushirishingiz mumkin. Barchamiz noodatiy narsalarga ishqibozmiz», - deydi Eser.

Eser bu albomni yaratish ustida ishlar ekan, 130 fotosuratchi tomonidan olingan 100 mingdan ortiq rasmni ko‘rib chiqdi, hamda g‘ayritabiiylik aks etgan kadrlarni izladi.

«Aerofotosuratlarning aksariyati bir-biriga o‘xshash, - deydi u. – Ularning mualliflari parvoz g‘oyasidan ilhomlanadi, hamda go‘zallik va makonni osmondan turib barchaga taqdim etishga intiladi». Eser tanlagan kadrlar – Rossiyadagi qishki baliq tutish, Italiyadagi sho‘r tuproq yer, Ganadagi to‘y – tanish manzaralarni juda go‘zal ko‘rsatadi. Hattoki siz bularni avval ko‘rgan bo‘lsangiz ham, ular kenglikning o‘zgarishi tufayli sizni yana hayratga tushishga undaydi.

«Siz o‘zingizga tanish bo‘lgan dunyoni ko‘rasiz, biroq bu faqat miniatyurada ro‘y beradi, xuddi siz devqomat odamga aylanib qolgandeksiz», - deydi Mark Changizi, «Nigohdagi inqilob» kitobi muallifi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma gap tomoshabinning qabul qilish darajasini o‘zgartirishda. «Dron kamerasi sizga dunyoni tabiiy istiqbolda ko‘rsatadi, xuddi piyoda yurgan kabi, - deydi u. – Noodatiy narsa esa shundan iboratki, bu xuddi hammasi kichik bo‘lib qolgandek tasavvur uyg‘otuvchi illyuziya (xom xayol).

Quyida ana shunday fotosuratlardan ba'zilari taqdim etiladi.

Okean, AQSh

Bali Barat milliy bog‘i, Indoneziya 

San-Frantsisko, Kaliforniya 

Guntur, Hindiston 

Merritt oroli, AQSh

Monreal biosferasi, Kanada 

Akismon, Meksika 

Nyu-York, AQSh

Merida, Meksika 

Sen-Malo, Fransiya 

Suratlar manbasi:  Wired

Mavzuga oid