10:32 / 15.05.2017
6109

Eronda prezidentlik kampaniyasi avjida: mamlakat sobiq prezidenti Ruhoniyga ovoz berishini ma'lum qildi

Foto: RIA "Novosti"

Ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘ygan Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Hotamiy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Hotamiy mamlakatdagi islohotchi harakatning rahbarlaridan biri hisoblanadi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

"Yana saylovlar, biz Ruhoniy uchun, fikr erkinligi... qonun ustuvorligi, inson huquqlari va ijtimoiy hamda iqtisodiy adolat uchun ovoz beramiz", - deya Eronning sobiq prezidenti Muhammad Hotamiy so‘zlarini keltiradi nashr. Hotamiy mamlakat prezidenti lavozimini 1997 yildan 2005 yilga qadar egallagan.

Islom Respublikasi tegishli idoralari rasmiy OAVga Hotamiy bayonotlarini e'lon qilishni ta'qiqlab qo‘ydi. Bu holat uning mamlakatda 2009 yilda yuz bergan hamda ovozlarni hisoblash jarayonidagi qonunbuzarliklarga aloqador bo‘lgan ommaviy noroziliklarni qo‘llab-quvvatlaganidan so‘ng yuz berdi. O‘shanda Mahmud Ahmadinajot o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatiga kirishgandi, deya ta'kidlaydi gazeta.

Biroq Hotamiy o‘z xabarini yetkazishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalandi, deb yozadi gazeta. 

Eronda prezidentlik saylovlari 19 may kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakat prezidenti lavozimini saylovchilarning 50 foizdan ortiqroq ovozini olgan nomzod egallaydi. Agarda bu amalga oshmasa, saylovlarning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Top