23:26 / 15.05.2017
5060

Paramount Pictures’ning sobiq rahbari lavozimidan ketgach 3 oy o‘tib vafot etdi

Foto: AP

AQShning Paramount Pictures kinostudiyasining sobiq prezidenti va bosh direktori Bred Grey bu lavozimlardan ketgandan 3 oy o‘tgach vafot etdi, deb xabar bermoqda Entertainment Weekly nashri. U 14 may kuni 59 yoshida Kaliforniyadagi uyida hayotdan ko‘z yumgan. Uning vafotiga saraton sabab bo‘lgan.

Grey tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli (misol uchun, "Transformerlar") va "Oskar" bilan taqdirlangan filmlar ("Neft", "Chollarga bu yerda joy yo‘q" kabi filmlar) chiqishiga javob bergan.

Bundan tashqari, Grey Tim Byortonning "Charli va shokolad fabrikasi" va Martin Skorsezening "Murtadlar" filmlariga prodyuserlik qilgan.

Grey Paramount’ga 12 yil boshchilik qilgan. U, shuningdek, Bred Pitt va Jyennifer Eniston bilan birgalikda Plan B Entertainment kompaniyasiga asos solgan.

Grey kinostudiyani oxirgi yillik ziyonlar sababli tark etgandi. Ta'kidlanishicha, bu ziyonlar 450 mln dollarga yaqinni tashkil qilgan. 

Mavzuga oid
Top