10:27 / 15.05.2017
7321

Pentagon sobiq rahbari: Tramp davrida AQSh va Rossiya munosabatlari keskinlashdi

Foto: Robert Geyts

AQShning sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts CBS News telekanaliga bergan intervyusida AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga doir fikrlarini bildirgan. Uning bayonot berishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. 

"O‘ylashimcha, odamlarni hayron qoldirgan narsalardan biri shu bo‘ldiki, saylovlardan keyin Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi", — degan  Geyts. Uning qayd etishicha, Tramp Rossiyaga "hech qanday yon bosishlar qilayotgani yo‘q". Geyts, shuningdek, Oq uyning Xitoy va Rossiyaga nisbatan munosabatlari o‘rtasida farq borligini ta'kidlagan. 

Geyts AQSh ma'muriyatining RF TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvini izohlar ekan, sovet tashqi ishlar vazirlari ham bir vaqtlar kelib turgani hisobga olinsa, bu uchrashuv "unchalik ham katta ish emas", degan fikrni bildirdi. Geytsga ko‘ra, "siyosat va amaliyot" muhim hisoblanadi, amerikaliklar bu yo‘nalishda "ancha jiddiy kayfiyatda".

Mavzuga oid
Top