00:16 / 15.05.2017
9656

Poroshenko "Russia" yozuvli futbolkani kiygan o‘g‘lini koyib berganini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko "Russia" yozuvli futbolkani kiygan holda do‘stlari bilan suratga tushgan 15 yoshli o‘g‘li Mixail bilan tarbiyaviy suhbat olib borgani va o‘g‘li nima uchun bunday qilganini ma'lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni ukrainalik jurnalist Levko Stek Facebook’dagi sahifasida Mixail Poroshenkoning "Russia" yozuvli futbolkani kiyib olgan holda tushgan suratini chop etgandi. 

Poroshenkoning aytishicha, bu futbolka kenjatoyiga tegishli bo‘lmagan. U futbolkani faqatgina Xellouin bayrami uchungina kiygan. 

"Bu Instagram’dagi surat bo‘lgan, u Xellouin bayrami bilan bog‘liq. Kimdir qo‘rqinchli qiyofada bo‘lgan, kimdir futbolka kiyib olgan", deb aytdi Poroshenko matbuot-anjumanda. 

AQShda keng nishonlanuvchi bu bayramda turli qo‘rqinchli ko‘rinishlarga kirish odat hisoblanadi. Biroq Poroshenko Xellouinga ham bunday ko‘rinishda bo‘lish yaramasligini ta'kidlab o‘tdi. 

"Men hattoki Xellouinda ham bunday ko‘rinishda bo‘lishni nomaqbul deb hisoblayman. Bu holat yuzasidan 15 yoshli o‘g‘lim bilan jiddiy suhbat o‘tkazdim. Sizlarni ishontirib ayta olamanki, men o‘g‘lim qilgan ishini anglashi uchun unga nisbatan kerakli so‘zlarni topa oldim", deb aytgan Poroshenko.

Poroshenkoning aytishicha, uning o‘g‘li faqatgina bir marta shunday ko‘rinishda bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top