19:44 / 15.05.2017
10931

Turkiya prezidenti Xitoydan AQShga uchib ketdi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Pekindan Vashingtonga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Anadolu”.

16 may kuni Turkiya rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Turkiya prezidentiga AQSh tashrifi davomida rafiqasi Amina Erdo‘g‘an, adliya vaziri Bakir Bo‘zdak, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, iqtisodiyot vaziri Nihat Zaybekchi, energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Olbayroq va milliy mudofaa vaziri Fikri Ishik hamrohlik qilmoqda.

Erdo‘g‘an va Trampning uchrashuvi yakkama-yakka shaklda va kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi.

Mavzu
«Bir makon, bir yo‘l» forumi
14-15 may kunlari Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda 28 davlat rahbarlari ishtirok etmoqda.
Barchasi
Top