07:40 / 16.05.2017
7322

Yaponiya mudofaa kuchlarining samolyoti yo‘qolib qoldi

Foto: jiji.com

Yaponiyada 1700 qutqaruvchi mamlakat mudofaa kuchlarining radarlardan yo‘qolib qolgan samolyotini qidirishga jalb qilindi. 

NHK telekanalining ma'lum qilishicha, samolyot Xokkaydo prefekturasida yo‘qolib qolgan. LR-2 razvedkachi-samolyoti oxirgi marta Xakodate aeroportidan g‘arbga tomon taxminan 30 km lar uzoqlikda tog‘lar ustidan uchib o‘tayotganda qayd qilingan.

Samolyot bortida 4 kishi bo‘lgan.

Nazorat qiluvchi idoralarning ta'kidlashicha, yerdagi xizmatlar samolyot yo‘qolgunga qadar hech qanday noodatiy holatni payqashmagan. 

Mavzuga oid
Top