08:22 / 16.05.2017
5622

Bangkok markazida portlash yuz berdi

Foto:twitter.com/@fm91trafficpro

15 may kuni Bangkok markazida noma'lum turdagi qurilma ishga tushishi oqibatida portlash yuz berdi. 

Bangkok Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, buning oqibatida 2 kishi yaralangan.

Ta'kidlanishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Milliy teatr binosi ro‘parasida yuz bergan. 

Voqea joyi politsiyachilar tomondan qurshab olingan. Ayni vaqtda ular voqea tafsilotlarini va portlovchi qurilma turini aniqlash bilan shug‘ullanishmoqda.

Top