22:02 / 16.05.2017
3924

Ford rentabellikka erishish uchun 20 mingga yaqin xodimini qisqartirmoqchi

Foto: David Ramos / Getty Images

AQShning Ford Motor kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab o‘z xodimlari sonini 10 foizga qisqartirmoqchi. Tegishli qaror avtokonsernning rentabelligini oshirishga qaratilgan choralar doirasida yaqin kunlarda qabul qilinishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.  

Gazetadagi maqolada aytilishicha, qisqartirishga asosan qat'iy belgilangan maoshga ega xodimlar uchraydilar. Ayni vaqtda eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab shtati 200 ming kishini tashkil qiladi, ulardan taxminan yarmi Shimoliy Amerikada ishlaydilar.    

Kompaniya rahbariyati o‘z oldiga 2017 yilda sarf-xarajatlarni 3 mlrd dollarga kamaytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu aksiyalari oxirgi 3 yil ichida 40 foizga arzonlashib ketgan kompaniyaning rentabelligini oshirishi kerak. Hozirda kompaniyaning kapitallashuvi uning raqobatchilari General Motors va Tesla kompaniyalarinikidan kamroqni tashkil qilmoqda. 

Ford Motor Company butun dunyo bo‘ylab 67 zavodga ega. Kompaniyaning bosh qarorgohi AQShning Michigan shtatidagi Dirbopn shahrida joylashgan. Ishlab chiqaradigan avtomobillar soni bo‘yicha General Motors va Toyota’dan keyin dunyoda 3-o‘rinni egallaydi.  

Mavzuga oid
Top