00:07 / 16.05.2017
17694

MP3 formati asoschilari uning «ajali» yaqinlashayotganini tan olishdi

Foto: Getty Images

Germaniyadagi Fraunhofer jamiyati integral sxemalar instituti MP3 raqamli kodlash formatiga patentlarning amal qilish muddati tugaganligini e'lon qildi, deb xabar beradi Gizmodo.

Formatni ishlab chiqqanlar uni rivojlantirishdan voz kechishga qaror qilishdi hamda uskunalar va dasturiy ta'minotlar ishlab chiqaruvchilardan lisenzion yig‘imlar yig‘ishni bas qilishga kelishishdi. Bu esa kelgusida bu standartni qo‘llovchi uskunalar ishlab chiqarilmasligini bildiradi.

Mutaxassislar ushbu standart o‘rnini u ham 1997 yilda Fraunhofer instituti tomonidan yaratilgan AAS formati bosishiga ishonishmoqda.

«Ayni paytda mediaxizmatlarning aksariyati zamonaviy ISO-MPEG kodeklaridan foydalanadi: ular hozircha AAC oilasidan, kelajakda esa MPEG-H formatiga o‘tiladi. MP3ga taqqoslansa — ular ko‘proq imkoniyatlar va past bitreytlarda ancha yuqori sifatdagi tovush taqdim etadi», — deyiladi institutning rasmiy xabarida.

MP3 kodeki (MPEG-1 Audio Layer 3) 1993 yilda ishlab chiqilgan edi. U raqamli kodlashtirish formatlari eng ko‘p tarqalgani va eng mashhuri hisoblanadi. U sakkiz kanal qo‘lloviga hamda 8 dan 48 kilogersgacha diskretizatsiya chastotasiga ega, AACda esa kanallar soni 48 ta, chastota 8 dan 96 kilogersgacha.

Top