23:25 / 16.05.2017
5584

Tramp: AQSh Turkiyani IShID va KIP bilan kurashda qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiyani IShID va Kurdiston ishchi partiyasi bilan kurashda qo‘llab-quvvatlashini aytdi. 

"Bugun biz yangi dushmanga to‘qnash keldik va unga qarshi birgalikda kurashishimiz lozim. Biz oxirgi vaqtda ko‘plab teraktlarga duch keldik, biz birga turib, Turkiya xalqiga ko‘magimizni taklif qilamiz. Biz terrorchilikka qarshi kurashning old saflarida turgan, IShID va KIP kabi terrorchilik guruhlari bilan kurashayotgan Turkiyani qo‘llab-quvvatlaymiz", deb aytdi Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan qo‘shma matbuot-anjumanda.

Top