09:20 / 16.05.2017
13389

Tramp tan soqchisi tasodifan Pentagon rahbari telefon raqamini oshkor qilib qo‘ydi

The Washington Post nashri AQSh prezidenti Donald Tramp va uning tan soqchisi Kit Shiller tasvirlangan fotosuratni e'lon qildi. Shillerning qo‘llarida bir nechta qog‘oz bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, ulardan birida shunday yozuv: «Jyeyms «quturgan ko‘ppak» Mettis» va AQSh mudofaa vaziri telefon raqami bo‘lgan.

Foto:  Evan Vucci

Shu bilan birga, gazeta muharririyati buni o‘quvchilar yordamida payqab qoldi.

Nashr muxbiri Reychel Manteyfel bu raqamga qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi va u Pentagon rahbariga tegishli ekanini tasdiqladi.

Ta'kidlanishicha, shundan so‘ng WP rahbariyati Mettisning raqami bo‘lgan fotosuratni olib tashlashga qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top