07:56 / 17.05.2017
5874

APL. «Arsenal» 4-o‘rin uchun intrigani so‘nggi turgacha saqlab qoldi

Angliya premer-ligasining 34-turidan qoldirilgan uchrashuvda «Arsenal» ligani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan «Sanderlend»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 72-daqiqasida Aleksis Sanches hisobni ochgan bo‘lsa, 81-daqiqada chililik hujumchining o‘zi dubl qayd etdi va jamoasiga muhim bo‘lgan uch ochkoni taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Arsenal» hisobidagi ochkolar soni 73taga yetdi va jamoa YeChL yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Liverpul» bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirdi.

Angliya premer-ligasi
34-turning qoldirilgan uchrashuvi

Arsenal – Sanderlend 2:0 (0:0)
Gollar:
 Sanches (72, 81).
Arsenal: Chex, Mustafi, Monreal, Gibbs (Ivobi, 69), Holding, O‘zil, Remzi (Uelbek, 69), Sanches, Chaka, Belerin, Jiru (Uolkott, 85).
Sanderlend: Pikford, O′Shi, Kone, Mankilo (Yanuzay, 82), Ovedo, Larsson, Kettermoul (Guch, 77), Ndong (Gibson, 88), Jons, Borini, Defo.
Ogohlantirishlar: Belerin (22), Monreal (54), O‘zil (55), O′Shi (56), Kettermoul (74), Mustafi (90).

Top