12:08 / 17.05.2017
3929

Federer «Rolan Garros»da qatorasiga ikkinchi yil qatnashmaydi

Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etmasligini xabar berdi, deya ma'lum qilinmoqda sportchining rasmiy saytida.

«Afsuski, men «Rolan Garros»da ishtirok etmaslikka qaror qildim. Kort va undan tashqarida so‘nggi bir oy ichida juda ko‘p ishladim, ammo ATP turda uzoq yillar mobaynida o‘ynashda davom etish uchun, o‘ylashimcha, joriy yilda qumli kortlarda mavsumning bir qismini o‘tkazib yuborish va maysali hamda xardda ishtirok etish uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish lozim», - deya xabar berdi shveysariyalik sportchi.

Ma'lumot uchun, «Rolan Garros» Parij shahrida 28 may – 11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top