O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan respublika moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Endilikda ushbu lavozimni Ahadbek Haydarov egallaydi, u ijtimoiy soha, fan, boshqaruv organlari va Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi faoliyatini moliyalashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi.

Haydarov bundan avval «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi sifatida ishlagan. Bundan tashqari, u O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.

1994 yilda u Toshkent davlat universiteti, 1998 yilda esa – Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Shuningdek, 2001 yilda – Yaponiya siyosiy fanlar institutini, 2006 yilda – Villiam kolleji (AQSh) magistraturasini bitirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston moliya vaziri Botir Xodjayev 2016 yilning dekabr oyidan beri ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.