Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Sirdaryo viloyatining salohiyati va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Viloyat iqtisodiyoti barqaror sur'atlar bilan rivojlanmoqda. 2017 yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,8 foiz o‘sgan. Uning tarkibida sanoat, kichik biznes, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar ulushi oshgan.
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali, “Bek” ishlab chiqarish birlashmasi, “Guliston medtexnika”, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonalari viloyat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda.
Murakkab iqlim sharoitiga qaramay, Sirdaryo dehqon va fermerlari paxta va g‘alladan mo‘l hosil yetishtirmoqda. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlaridan qo‘shimcha daromad topmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.
Mavzuga oid
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026
Toshkent va Sirdaryoda narkojinoyatlar zanjiri fosh etildi
10:19 / 09.02.2026