12:32 / 18.05.2017
7551

2017 yilning 1-choragida 710 kilometrdan ortiq avtomobil yo‘llari holati yaxshilandi

Foto: "Kun"

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda uning tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2017 yilning o‘tgan birinchi choragi davomida 710 kilometrdan ortiq umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari holati yaxshilandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar bergan.

Xususan, A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 208-274 kilometrlari oralig‘ini qayta qurish doirasida, mazkur avtomobil yo‘li hamda "Pop shahri–Toshkent–O‘sh" avtomobil yo‘li kesishmasida transport yechimi foydalanishga topshirildi. Namangan viloyati Pop tumani hududida qurilgan, uzunligi 48 metr hamda eni 10 metrdan iborat bo‘lgan mazkur ko‘prikning foydalanishga topshirilishi - poytaxt va Farg‘ona vodiysi o‘rtasida qatnovchi avtomobillarning o‘z manzillariga tez va qulay yetib borishiga katta hissa qo‘shadi.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va Qarshi tumanlaridagi ishlab chiqarish va sanoat bazasi tubdan modernizatsiya qilindi. Bu ishlar sirasiga – bitum saqlash omborlarining qayta qurilgani, "Tanxoz" daryosi ustidan 42 pm uzunlikda, kar'yerga olib boruvchi barpo qilingani, tosh maydalash va saralash uskunalari hamda 782 metr uzunlikdagi temir yo‘l shoxobchalarining rekonstruksiya qilingani, "Shayxali" va "Tanxoz" asfalt-beton sexlarida 14 906 metr masofadagi yuqori bosimli gaz quvurlarining tortilgani kabi ishlarni kiritish mumkin.

Hammasi bo‘lib ko‘rsatilgan davrda investitsiya dasturi bo‘yicha 59,7 mlrd. so‘mlik rekonstruktssiya ishlari bajarildi. Kapital ta'mirlashga esa 9,4 mlrd. so‘m sarflandi.

Top