20:31 / 18.05.2017
8577

Boku-2017. Yengil atletikachilardan bitta oltin va bir bronza, taekvondoda kumush

«Islom birdamlik o‘yinlari»ning yettinchi kungi bahslari doirasida O‘zbekiston vakillari navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi.

Yengil atletikachilar bir oltin va bir bronza oldi, taekvondodan yana bir kumush medal qo‘lga kiritildi.

Balandlikka sakrash mashqlarida 1,80 natijani qayd etgan Nadiya Do‘sanova oltin medalga ega bo‘ldi, 200 metr masofaga yugurishda final bosqichida ishtirok etgan Nigina Sharipova esa marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi (23,66 sekund) va bronza bilan taqdirlanadigan bo‘ldi.

Foto: MOQ

-62 kg vazn toifasida turnirda finalga yetib kelgan Umida Abdullayeva Turkiya vakili Irem Yamanga qarshi dayanga chiqib, 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. U kun davomida dastlabki jangida pokistonlik Yamna Siddiqiyni (20:0), chorak finalda Qozog‘iston vakili Gulim Bibalayevani(4:3) yarim finalda marokashlik Saukayna Elauniyni (5:4)mag‘lub etgandi. 

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi hisobidagi medallar soni 52taga yetdi (13ta oltin, 13ta kumush va 26ta bronza).

Top