16:04 / 18.05.2017
19004

Boku-2017. O‘zbekistonda to‘qqizinchi oltin rekord bilan olindi

Bokuda «Islom birdamlik o‘yinlari»ning 18 may kungi musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar vakili sportning 5 turida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda.

Ayni vaqtga kelib, terma jamoaning kun hisobidan birinchi oltin medali qo‘lga kiritib bo‘lindi.

Para-atletika yo‘nalishida ishtirok etayotgan Aleksandr Svechnikov erkaklar o‘rtasidagi nayza uloqtirish (F13) bahslarida tengsiz bo‘ldi va oltin medal oldi. U nayzani 70 m masofaga uloqtirdi va jahon rekordini o‘rnatdi.

Tennis
Yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan Sergey Fomin nimchorak finalda turkmanistonlik Y. Rogesskiyni 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo‘l oldi. 

Saida'lo Saidkarimov esa bugun Saudiya Arabistoni vakili A. Alhaqbaniyga qarshi bahs yuritadi. 

Kamola Umarova esa ozarboyjonlik Amina Dikni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga o‘tib bo‘ldi.

Taekvondo
-62 kg vazn toifasida turnirda ishtirok etayotgan Umida Abdullayeva dastlabki jangida pokistonlik Yamna Siddiqiyni mag‘lubiyatga uchratdi (20:0). Chorak finalda esa Qozog‘iston vakili Gulim Bibalayevadan ustun keldi (4:3). Endi u finalga chiqish uchun marokashlik Saukayna Elauniy bilan bahslashadi.

Ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finaldan bahslarni boshlagan Nikita Rafalovich (74 kg) marokashlik Ashraf Mahbubiyga qarshi jang o‘tkazdi va 25:4 hisobi bilan g‘olib bo‘ldi. Endi u yarim finalda Iordaniya vakili Anas Aladarbiyga qarshi dayanga chiqadi. 

Yunon-rum kurashi
Sportning ushbu turi bo‘yicha 130 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mo‘minjon Abdullayev musobaqaning finaliga yo‘l oldi. U ilk jangda suriyalik R.Alkradni 8:4 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda esa mezbonlar vakili Saboh Shariati 8:4 hisobida taslim qilindi. Endi u kechqurun finalda Turkiya vakili O. Yildirimga qarshi gilamga chiqadi.

Turnirda -66 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Mirzobek Rahmatov bronza medal olishi mumkin. Chorak finalda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etgan bu sportchi ilk jangda marokashlik A.Hanineni mag‘lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa mezbonlar vakili K.Mammadovga qarshi gilamga chiqib yutqazdi. Endi u bronza medal uchun eronlik M.Zaydvandga qarshi gilamga chiqadi.

Boks
Bokschilar hali o‘z ishtiroklari boshlashmadi. 
Final
-56 kg, Abdulhay Shorahmatov — Y.Meredov (Turkmaniston) - 16:00
-64 kg, Aliyor Noraliyev — Ye. Muhammedov (Misr) - 16:00
- 69 kg, Bobo-Usmon Boturov — T. Abdullayev (Ozarboyjon) - 16:00

Mavzuga oid
Top