Dunyoning eng badavlat kishilari Tramp tufayli 35 milliard dollar yo‘qotishdi

Foto: AP
17 may kuni dunyoning eng badavlat 500 kishisi AQSh prezidenti Donald Tramp atrofidagi mojarolar sabab fond bozorining pasayishi tufayli 35 milliard dollar yo‘qotdi. Bloomberg milliarderlar reytingi ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Amerika fond indekslari sakkiz oy ichida eng past ko‘rsatkichlarga tushib ketdi. S&P 500 indeksi 1,8 foizga, 2357,2 punktga pasaydi. Dow Jones sanoat indeksi 1,8 foizga, NASDAQ esa - 2,6 foizga tushdi va 6011,2 punktni tashkil qildi, deya ma'lum qilindi Financial Times'da. Bozordagi bunday o‘zgarishga Trampning FRB direktori Jyeyms Komini iste'foga chiqarishi va Amerika prezidentining Rossiya bilan aloqalarini o‘rganish atrofidagi mojarolar sabab bo‘ldi.
86,8 milliard dollarga egalik qiluvchi Bill Geyts chorshanba kuni 1 milliard dollar yo‘qotdi, Microsoft korporatsiyasi aksiyalari esa 2,8 foizga pasayib ketdi. Amazon asoschisi Jyeff Bezos kompaniyasi aksiyalari 2,2 foizga tushib ketgani bois 1,7 milliard dollarni qo‘ldan boy berdi. Inditex kompaniyasi asoschisi Amansio Ortego (Zara, Massimo Dutti, Bershka asoschisi)ning moliyaviy ahvoli bir kunda 325 million dollarga kamaydi.
Top-500 ro‘yxatida hammadan ko‘p pul yo‘qotgan Facebook asoschisi Mark Tsukerberg bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq aksiyalarining 3,3 foizga pasayishi natijasida u 2 milliard dollardan mahrum bo‘ldi.
MUFG'ning valyuta tahlilchisi Li Xardmanning so‘zlariga ko‘ra, indekslarning pasayishi "Trampning ma'muriyati AQSh iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada ko‘tara olmasligidan dalolat beradi".
Ta'kidlash joizki, Amerika fond bozoridagi pasayish Yevropa, Osiyo va rivojlanayotgan mamlakatlarning fond indekslari ko‘rsatkichlari pasayishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Jamiyat | 10:06
-
Zelenskiy: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh torsa, Ukrainani mustahkamlash kerak bo‘ladi
Jahon | 09:47
-
Rossiyaga tarixiy tangalar va ko‘krak nishonlarini yashirincha olib ketayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 09:26
-
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi
Jahon | 09:10
Mavzuga oid

09:10
Shols AQShning Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatladi

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025