20:02 / 18.05.2017
5060

Fransiya va Germaniya NATOning IShIDga qarshi kurashdagi o‘rnini oshirishga qarshi

Foto: Reuters

Fransiya va Germaniya Amerikaning IShID bilan Suriya va Iroqdagi kurashda NATO o‘rnini oshirish borasidagi rejasiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Reyters xabar berdi.

Alyansning ko‘pchilik ishtirokchilari, reja Bryusellda keyingi payshanba kuni e'lon qilinishidan umidvor. Bu holat Trampning NATO yig‘ilishiga birinchi marta kelganida yuz berishi mumkin. Biroq Fransiya va Germaniya bunga qarshi chiqmoqda.

Ikki davlatning qarshiligiga asosiy sabablar orasida – NATOning Afg‘onistonga o‘xshash yana bir qimmat kampaniyaga aralashib qolishi, arab davlatlari qarshiligiga uchrash yoki Rossiya bilan Suriya tufayli ziddiyat borish kabilar bor.

"Ular bunga bormaydi", - deya aytib o‘tdi NATO davlatining yuqori mansabli diplomatlaridan biri. Uning ta'kidlashicha, rejaga nisbatan xavotirli munosabatlar blokning boshqa a'zolari, jumladan, Gretsiya va Italiyada ham bor.

"Ular aynan nima o‘zgarishini bilishni istashmoqda. NATOning barcha 28 a'zosi kampaniyada ishtirok etayapti", - deya aytib o‘tdi diplomat. U IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyani nazarda tutgan, unga 68 davlat kiradi hamda ular orasida NATOning barcha a'zolari bor.

Fransiya va germaniyalik amaldorlar bu borada izoh bermagan, biroq Germaniya kansleri Angela Merkel o‘tgan hafta NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashganida, alyans koalitsiyaga qo‘shilishi mumkinligini istisno etmadi. Shu bilan birga, Merkel va Stoltenberg NATO Suriya va Iroqdagi jangovar harakatlarda ishtirok etmasligi tarafdori bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
Top