07:41 / 18.05.2017
4379

Fransiyaning yangi ichki ishlar vaziri o‘z oldiga qanday asosiy vazifalarni qo‘ymoqda?

Foto: AFP 2017 / Etienne Laurent/Pool

Fransiyaning yangi ichki ishlar vaziri Jyerar Kollon uning yangi lavozimda bajaradigan birinchi navbatdagi vazifalari fransuz xalqini himoyalash, terrorchilikka va IShID saflariga yollashga qarshi kurash bo‘lishini aytdi. Bu haqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda

Kollon yangi lavozimga kirishgandan keyingi ilk nutqida Yevropa va ayniqsa Fransiya "terrorchilar nishoni" hisoblanishini aytdi va terrorchilik xavfi nafaqat tashqaridan bildirilayotganini, balki mamlakat hududida ham ildiz otganini qayd qilib o‘tdi. Vazirning aytishicha, u o‘zining sa'y-harakatlarini yoshlarning radikallashishiga va ularning "oxirgi yillarda guvohi bo‘lingan dahshatli hujumlar" sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiradi.  

Top