Italiya eng «sog‘lom» davlat deb topildi

Foto: AFP
Sayyoramizdagi davlatlarda aholi salomatligi qay darajada ekanligini belgilovchi an'anaviy Bloomberg Global Health Index reytingining 2017 yilgi talqinida 1-o‘rin Italiyaga nasib qildi.
Bu davlatda tug‘ilgan odam 80 yoshgacha umr ko‘rishga eng ko‘p imkoniyatga ega ekani aniqlangan. 163ta davlatdan iborat reytingning eng oxirgi pog‘onasini Serra-Leone egalladi, bu davlatda odamlar 52 yoshgacha yashashga umid qilishi mumkin.
Independent nashrining xabariga ko‘ra, reyting bir nechta ko‘rsatkichlar: hayot davomiyligi, o‘lim sabablari hamda yuqori qon bosimi va tamaki chekishga moyillikdan tortib yetarlicha to‘yib ovqatlanmaslik va toza suv ichimligigacha bo‘lgan salomatlik bilan bog‘liq turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha tuziladi.
Eng «sog‘lom» davlatlar reytingining yuqori beshtaligida Italiyadan tashqari, Islandiya, Shveytsariya, Singapur va Avstraliya ham joy oldi. AQShning bu boradagi natijalari o‘rtacha bo‘lib, u 100 ballik tizimdan 73,05 ball to‘plagan holda 34-o‘rinni egallagan. Amerikaliklarning eng katta «minusi» semizlikka moyilliklari hisoblanadi.
Sobiq Ittifoq davlatlaridan eng yuqori pog‘onani – 38-o‘rinni Estoniya egalladi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025