15:20 / 18.05.2017
6842

Qozog‘iston uchta kon orqali qariyb 45 mln tonna neft qazib olmoqchi

Foto: Anadolu

2017 yilda Qozog‘iston o‘zining eng yirik neft va gaz konlari - "Kashagan", "Karachaganak" va "Tengiz"da 44 million tonna neft qazib olishni rejalashtirgan. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev ma'lum qildi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda "Kashagan" konida besh million tonna neft va 3,1 milliard kub metr gaz, "Karachaganak" konida - 11,8 million tonna neft va 18 milliard kub metr gaz, "Tengiz" konida - 27,5 million tonna neft va 4,5 milliard kub metr gazni qazib olish mo‘ljallangan.

Qozog‘istonda joriy yilning ilk to‘rt oyi davomida 2,2 million tonna neft qazib olindi, deya aytib o‘tdi vazir.

Ma'lumot uchun, Qozog‘iston neftining asosiy qismi aynan "Kashagan", "Karachaganak" va "Tengiz" konlarida qazib olinadi.

Mavzuga oid
Top