19:05 / 18.05.2017
20372

Time jurnali muqovasida Rossiyaning AQShga ta'siri aks ettirildi

Amerikadagi Time jurnalining navbatdagi soni muqovasida Rossiyaning AQShga ta'siri ifodalandi: unda Oq uy Vasiliy Blajyenniy ibodatxonasiga evrilayotgani ko‘rsatilgan.

Jurnal saytida ushbu surat «Rossiya ijtimoiy tarmoqlarining Amerika bilan urushi» haqidagi maqolaga biriktirilgan. 

Bundan avvalroq, mart oyi boshida amerikaliklarning The New Yorker jurnali o‘z muqovasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini qo‘ygandi va birinchi sahifada ruscha so‘zlar yozilgandi.

Ikki oy o‘tib esa Fox News telekanali boshlovchisi efirni ruscha so‘zlar bilan boshlab, ruscha so‘zlar bilan yakunlagan, bu orqali «ruslarning xo‘jayinligi»ga kinoya qilgandi.

Mavzuga oid
Top