Sport | 02:23 / 18.05.2017
8880
2 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» ketma-ket uchinchi marta Italiya kubogida zafar quchdi

Italiya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Yuventus» va «Latsio» jamoalari kuch sinashdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesh chap qanot himoyachisi Aleks Sandro tomonidan yetkazib berilgan to‘pni golga aylantirdi. 24-daqiqada yana o‘sha Sandroning uzatmasidan so‘ng Leonardo Bonuchchi farqni ikkitaga oshirdi. Birinchi bo‘limning qolgan daqiqalari va ikkinchi bo‘limda boshqa gol kiritilmadi.

Natijada «Yuventus» ketma-ket 3-marta, umumiy bo‘lib 12-marta Italiya kubogida zafar quchdi. «Latsio» esa so‘nggi uch yilda ikkinchi marta finalga yo‘l olib, ikki marta ham «Yuventus»ga imkoniyatni boy berdi.

Italiya kubogi. Final

Yuventus – Latsio 2:0 (2:0)
Gollar: 
Dani Alvesh (12), Bonuchchi (24).
Yuventus: Neto, Aleks Sandro, Bonuchchi, Kellini, Dani Alves, Markizio, Rinkon, Bartsali, Mandjukich, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Latsio: Strakosha, Bashtush (Felipe Anderson, 53), de Vrey (Luis Alberto, 69), Uolles, Basta, Milinkovich-Savich, Lulich, Parolo (Radu, 21), Bigliya, Keyta, Immobile.
Ogohlantirish: Dani Alves (86).

Mavzuga oid