Buyuk Britaniya politsiyasining ma'lum qilishicha, WikiLeaks bosh muharriri Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasini tark etsa, hibsga olinadi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Avvalroq Shvetsiya prokuraturasi Assanjga nisbatan zo‘rlash holati bo‘yicha ochilgan ish bo‘yicha tergov to‘xtatilganini xabar bergandi.
Assanjga nisbatan jinsiy tajovuz va zo‘rlash ishi bo‘yicha tergov harakatlari 2010 yilda boshlangandi.











