Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi
Foto: uza.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 may kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen rahbarligidagi Butunxitoy xalq vakillari kengashi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutishini alohida ta'kidladi.
Suhbat chog‘ida Prezidentning yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantirish, chunonchi, savdo, investitsiya va madaniy aloqalarni jadallashtirish, shuningdek, birodarlashgan qadimiy Samarqand va Sian, Buxoro va Loyan shaharlari o‘rtasida sayyohlar almashishga alohida e'tibor qaratildi.
Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, bosh kotibi Van Chen 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy islohotlarni yuqori baholadi.
Van Chen Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ilgari surish maqsadida ikki mamlakat parlamentlariaro keng ko‘lamli hamkorlikka Xitoy tomonining manfaatdorligi va tayyorligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026