16:20 / 19.05.2017
12196

Oxirgi turda «Malaga» bilan o‘ynaydigan «Real» chempion bo‘lsa, bu jamoaga 1 mln yevro to‘laydi

Foto: La Liga

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatida g‘olib chiqsa, «Malaga»ga yarim himoyachi Isko transferi bo‘yicha bonus sifatida 1 mln. yevro to‘lab beradi.

Bunday band Iskoning 2013 yilda amalga oshirilgan transferida belgilab qo‘yilgan. «Real» «Malaga»ga o‘yinchi jamoaga o‘tganidan so‘ng besh yil davomida yutib olingan har bir Ispaniya chempionati uchun 1 mln. yevrodan to‘lab berishga rozi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 37 turdan so‘ng Primera turnir jadvalining birinchi o‘rnini egallab turibdi hamda «Barselona»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

«Real» Ispaniya chempionatining so‘nggi turida 21 may kuni aynan «Malaga» bilan uchrashadi.

Isko joriy mavsumda o‘z klubi safida 40 ta o‘yin o‘tkazdi hamda 11 gol kiritib, 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Top