22:34 / 19.05.2017
19593

Pekin Filippinni urush boshlashi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto:inna.ru

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Xitoy yetakchisi Si Tszinpin tomondan agar Manila Janubiy Xitoy dengizining bahsli hududida neft qazib olishni boshlasa, Xitoy urush boshlashi mumkinligidan ogohlantirilganini ma'lum qildi.

Duterte Si Tszinpin bilan suhbatda bahsli hududni Filippinga tegishli deb hisoblashini va bu hududda burg‘ilashni boshlamoqchiligini aytgan. Dutertening aytishicha, Si Tszinpin bunga javoban "Biz do‘stmiz, biz siz bilan urishmoqchimasmiz, biz siz bilan iliq munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamoqchimiz, biroq agar siz juda istayotgan bo‘lsangiz, biz urush boshlaymiz", deb aytgan.

Gaagadagi hakamlik sudi doimiy palatasi 2016 yil iyulda Filippinning da'vo arizasiga ko‘ra, Xitoy Janubiy Xitoy dengizida hududga da'vogarlik qilishga asosi yo‘qligi haqida hukm chiqargan. Xitoy esa sudning qarorini tan olmagan. 

Mavzuga oid
Top