20:27 / 20.05.2017
8999

Astana Arlans Patriot Boxing Team jamoasini mag‘lub etib yarim finalga chiqdi

Foto: "Kun"

Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Butunjahon boks seriyasi (WSB) chorak final javob uchrashuvida raqiblarini mag‘lub etib yarim final yo‘llanmasini hal etishdi. Astana Arlans va Patriot Boxing Team jamoalari o‘rtasidagi janglarda 52, 60, 69, 81 va +91 kg vazn toifasidagi bokschilar ringga ko‘tarilishdi. 

Qarag‘anda shahrida bo‘lib uchrashuv 4-1 hisobida qozog‘istonlik bokschilar g‘alabasi bilan yakunlandi. Shunday qilib yakuniy hisob 7:3 ko‘rinishiga keldi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Kemerovo shahrida bo‘lib o‘tgan ilk chorak final bahslarida Astana Arlans Patriot Boxing Team jamoasidan 3:2 hisobida ustun kelgan edi. Endilikda, qozog‘istonliklar yarim finalda British Lionhearts -France Fighting Roosters jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi. 

“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Video: “Uzbek Tigers”ning “Cuba Domadores”ga qarshi javob janglari

Mavzuga oid
Top