19:15 / 20.05.2017
14510

Eron prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozongan Hasan Ruhoniy haqida nimalarni bilasiz?

Foto: RIA "Novosti"

20 may kuni Eron Islom Respublikasida bir kun avval bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalari ma'lum bo‘ldi. Saylovlarda mamlakatning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy g‘alaba qozondi – uning uchun saylovchilarning 57 foizi (23,5 mln.) ovoz berdi. Bu haqda Eron ichki ishlar vaziri Abdulrizo Rahmoniy Fazliy xabar berdi.

Hasan Ruhoniy 1948 yilning 12 noyabr kuni Eron shimolidagi Semnan viloyatining Sorxe shaharchasida ziravorlar do‘koni egasi oilasida tug‘ilgan. Uning asl familiyasi Fariydun. 1970 yillarda u familiyasini Ruhoniyga almashtirgan, bu esa fors tilidan tarjima qilinganda “dindor”, “ma'naviy” degan ma'noni beradi. 

Kum shahridagi “Kum Havza” oliy shia seminariyasida diniy ta'limni olgan. 1972 yilda Tehron universitetini huquq sohasida tamomlagan. 1990 yillarda Buyuk Britaniyaning Glazgosidagi Kaledon universitetida tahsilini davom ettirdi hamda u yerda 1995 yilda magistr, 1999 yilda esa - doktor unvonini oldi. Uning diplom ishi “Eron tajribasi asosida islom qonunchilik hokimiyati”, dissertatsiya esa – “Eron tajribasi misolida shariat qonunlarining qo‘llanilishi” mavzusida bo‘lgan.

Ruhoniy islom inqilobiy harakatiga (uning otasi harakatning faol ishtirokchisi bo‘lgan) 15 yoshida qo‘shiladi. Shundan so‘ng mamlakat bo‘ylab safarlarga chiqqan va harakat yetakchisi Hameneiy uchun tashviqot olib borgan, bir necha bor hibsga olingan. Oxir-oqibat 1977 yilda, Hameneiy ketidan o‘zi ham mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Parijda yashagan.

Foto: RIA "Novosti"

1978 yilda Eronda islom inqilobi boshlandi, Hameneiy Tehronga qaytib keldi, hamda Ruhoniy uning ortida mamlakatga qaytdi.

1979 yilgi inqilobdan so‘ng Ruhoniy Eron armiyasini isloh qilish bilan shug‘ullanadi. 

1980 yilda majlis (parlament)ga saylandi, u yerda mudofaa (1980-1990) va tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitaga (1990-2000) rahbarlik qildi, 1992-2000 yillarda esa majlis raisi o‘rinbosari bo‘lgan.

1980-1983 yillarda Eron teleradiouzatishni kuzatish bo‘yicha Kengash a'zosi sifatida ishlagan.

Foto: Reuters

1980-1988 yillardagi Eron-Iroq urushi vaqtida Eron qurolli kuchlari qo‘mondonligida yuqori lavozimlarni egallagan. 1982-1988 yillarda mudofaa bo‘yicha Oliy kengash a'zosi bo‘lgan bo‘lsa, 1983-1985 yillarda – Eron-Iroq frontida qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari sifatida ishlagan. 1986-1991 yillarda – Eron harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni. 1988-1989 yillarda – Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari.

1989 yildan beri – milliy xavfsizlik bo‘yicha Oliy kengash, 1991 yildan esa – qabul qilinayotgan qarorlarning qanchalik to‘g‘ri ekani bo‘yicha Kengash a'zosi.

1989-2005 yillarda – milliy xavfsizlik bo‘yicha Oliy kengash birinchi kotibi. Prezidentlar Ali Akbar Hoshimiy-Rafsanjoniy va Muhammad Hotamiyning milliy xavfsizlik masalasi bo‘yicha maslahatchisi.

1992-2013 – Eron strategik tadqiqotlar Markazi prezidenti.

Foto: AP

2000 yildan – ekspertlar Kengashi (katta ta'sirga ega hamda o‘z tarkibidan davlat rahbari – EIR rahbarini tanlovchi davlat organi) a'zosi.

2003-2005 yillarda Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarda mamlakat delegatsiyasiga boshchilik qilgan. Shu yillarda Eron yadro dasturi bo‘yicha ishlarni bir qator obektlarda qismat to‘xtatdi.

2013 yilning 14 iyun kuni prezidentlik saylovlarining birida turida, 50,68 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozondi. Inauguratsiya ikki bosqichda bo‘lib o‘tdi. 3 avgust kuni Ruhoniy nomzodini oyatulloh Ali Hameneiy tasdiqlagan bo‘lsa, 4 avgustda Ruhoniy parlament oldida qasamyod qildi.

O‘rta pozitsiyaga ega, shu bilan birga, Eron oliy diniy rahbariyati qo‘llab-quvvatloviga ham erishgan. Ruhoniy hukumat tepasiga kelgach Eron va AQSh prezidentlarining 35 yil davomidagi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalari yuz berdi: 2013 yilning kuzida Ruhoniy va Barak Obama o‘zaro maktub almashishdi, 2013 yilning 28 sentabr kuni esa ularning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: Reuters

Hasan Ruhoniy mamlakatdan Eron yadro dosesi bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etdi, ular 2015 yilning 14 iyul kuni Eron yadro dasturi bo‘yicha yakuniy Qo‘shma keng ko‘lamli rejaning imzolanishi bilan yakunlandi (Eron qurol maqsadiga mo‘ljallangan plutoniyni ishlab chiqarmaslik va boyitilgan uran hajmini sanksiyalarning bekor qilinishi evaziga kamaytirish majburiyatini oldi).

Ikkinchi darajali G‘alaba medaliga ega, 1980 yillar oxirida Eron-Iroq urushi davomida mukofotlangan; Hurramshahrni ozod qilinishi tufayli birinchi darajali G‘alaba medalini (Eron-Iroq urushi oxirida) olgan.

Ruhoniy – fors, ingliz va arab tillarida yozilgan 100 dan ortiq kitob va ilmiy maqolalar muallifi. 

1969 yilda Sahida Ruhoniyga uylangan. Ularning besh nafar farzandi bor. 1992 yilda o‘g‘illaridan biri o‘z joniga qasd qilgan.

Uchta opa-singil va aka-ukalari bor. Ukasi – Husayn Fariydun – diplomat, tarixchi, viloyatlardan birining gubernatori bo‘lgan. Ruhoniyning prezidentlik saylovlaridagi saylovoldi shtabida ishlagan.

Musulmon shia. Xo‘jatulislom unvoniga ega.

Top