22:02 / 20.05.2017
44113

Fotojamlanma: Tramp Saudiya Arabistonida qanday kutib olindi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ilk xorijiy safari davomida Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Tashrif Yaqin Sharqda Saudiya Arabistoni va AQShning terrorchilikka qarshi kurashida kuchli hamkorlik qurishga yo‘naltirilgan.

Saudiya Arabistoniga Tramp bilan birga uning rafiqasi Melanya Tramp, qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushner keldi. Trampni qirol  Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning shaxsan o‘zi kutib oldi. 

Tramp o‘zining ilk safari uchun aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo‘lgan davlatni tanlagan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tramp shu tariqa musulmonlarga nisbatan aytgan tanqidiy so‘zlariga qaramasdan, bu mintaqaga hurmat bilan qarashini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.   

Tramp Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida ushbu mamlakatning poytaxti Ar-Riyodda ikki kun o‘tkazadi, so‘ngra Isroilga jo‘naydi. U safari davomida shuningdek Vatikanda Rim papasi Frantsisk bilan uchrashadi, Bryusselda NATO sammitida va Sitsiliyada "katta yettilik" uchrashuvida ishtirok etadi.

Suratlar manbasi:Jonathan Ernst/REUTERS 

Top