20:21 / 20.05.2017
64986

O‘zbekiston haftaligi: Tinim bilmayotgan Mirziyoyev, Andijonda ommaviy zaharlanish, yangi avtomobil zavodi va boshqa xabarlar

Hafta davomida O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Kun.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

O‘zbekiston va dunyo

Foto: Sinxua

«Bir makon, bir yo‘l» Forumi

Joriy yilning 14-15 may kunlari Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda 28 davlat rahbari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Ushbu Forum doirasida davlat rahbari ko‘plab hamkasblari bilan muloqotda bo‘ldi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan o‘tkazilgan muzokaralar ikki davlat do‘stligini yanada mustahkamlashga, istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar zaminiga poydevor bo‘lishga ulkan hissa qo‘shdi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi: qisqacha tafsilotlar va raqamlar

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar aylanmasini 10 mlrd dollargacha oshirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda davlat rahbarlari yig‘ilishida nimalarni gapirdi?

Prezidentning Xitoyga 5 kunlik safari. Fotojamlanma

Prezidentning Xitoyga safari yakunlari. Muhim kelishuvlar va sarmoyalar

Prezident va birinchi xonimning Xitoy safaridan norasmiy suratlar

Mazkur Forum va unga taalluqli boshqa yangiliklarning to‘liq tafsiloti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi

Foto: President.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 19 may kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi. Davlat rahbari Turkmanistonning "Avaza"sida dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi. So‘ngra ikki davlat rahbarining yakkama-yakka suhbati bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘ldi. Aytish mumkinki, Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoniga borishi ma'lum bo‘ldi. U tashrif davomida Tojikiston prezidenti bilan uchrashadi, Tramp bilan birga tushlikda bo‘ladi. 

O‘zbekiston Xalqaro armiya o‘yinlarida ilk bor ishtirok etadi

Daniyalik mashhur arxitektor Toshkentga keldi

O‘zbekiston hayoti

Foto: kun.uz

Akademik Edvard Rtveladze «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi

Qoidabuzar haydovchilar aksilreytingining Top-5 ligi e'lon qilindi

O‘zbekistonda “Pejo Sitroyen” avtomobillari ishlab chiqariladi

Andijonda muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish ro‘y berdi. 200ga yaqin kishi shifoxonaga tushdi. Vazirlik mazkur epidemik vaziyat yuzasidan so‘nggi ma'lumotlarni berdi. 

Ilk marta. Andijondagi kinostudiya dolzarb mavzuda to‘liq metrajli film suratga oldi

Xiva va Shahrisabz viloyat darajasidagi shaharlarga aylantirildi

Qashqadaryoda tashqi bozorlarga “Aysberg” eksport qilish boshlandi

Endilikda gazni tadbirkorlardan sotib olish imkoni yaratiladi

O‘quv muassasalari harorati, eshik va devorlar rangi hamda o‘simliklar turlariga doir yangi qaror

O‘zbekistonliklar tunda osmonda noma'lum jismni ko‘rishdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Samarqandga chiptalar narxini rekord darajada pasaytirdi

2000 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor o‘z bizneslarini internet orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi

Yakkasaroy tumanida noqonuniy qurilmalar buzilmoqda (suratlar)

Prezident Sirdaryoda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 17 may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari viloyatdagi Sardoba suv ombori bilan tanishuvi chog‘ida O‘zbekistonda gidroenergetika sohasida yangi kompaniya tuzilishini ma'lum qildi. Shuningdek, u Sardoba suv ombori bilan katerda tanishdi (video) 

Shavkat Mirziyoyev Gulistonda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari loyihasini ham borib ko‘rdi. Davlat rahbari, shuningdek, shahardagi Sirdaryo Best Fashion korxonasiga tashrif buyurdi. U Mirzaobod tumanida bo‘larkan, Sirdaryoda soya yetishtirish ko‘paytirilib, eksportga chiqarilishi haqida gapirib o‘tdi. Shu kuni prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatning Xovos tumanida ham bo‘ldi. 

Lavozimiy o‘zgarishlar

Foto: Getty Images

Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

Vodiyda ishchi guruh tekshiruvi. Tumanlar rahbarlari ishdan olinmoqda

"Toshshahartransxizmat"ga vaqtinchalik boshqaruv raisi tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev moliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi

4 oyga bormay ishdan olingan Izboskan tumani hokimi o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Norin tumaniga yangi hokim tayinlandi

Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda “Xalqaro elektraloqa va axborotlashtirish jamiyati kuni” mavzusida o‘tkazildi

O‘zbekistonda soniyasiga 200 gigabitlik internet – afsona bo‘lmaydi

“O‘zbektelekom” optik tolali kabellarni ishlab chiqaradi

O‘zbekistonda telefon raqamini saqlab qolgan holda uyali aloqa kompaniyasini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda yangi TAS-IX paydo bo‘ladi

Aholi qaysi aloqa operatorining mobil xizmatidan ko‘proq shikoyat qilmoqda?

Toshkent metrosida mobil aloqa va internet paydo bo‘ladi

Sport

Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Aziz Haydarov «Ash-Shabob»dan ketdi

41 yoshli Oksana Chusovitina O‘zbekistonga yana bir oltin medal olib berdi

“Uzbek Tigers” “Cuba Domadores”ga 5:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi

12 may kuni Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida «Islom birdamligi o‘yinlari» boshlandi. O‘zbekiston va yana 53 davlat vakillari ishtirok etayotgan turnir 22 may kuniga qadar davom etadi. O‘zbekiston vakillari mazkur musobaqada sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha munosib ishtirok etib kelishmoqda. O‘yinlarning batafsil sharhi, yangiliklari va jadvali bilan quyida tanishishingiz mumkin

Qiziqarli maqolalar

Illyustrativ foto

O‘zbekistonda kontrakt narxi qancha?

O‘zbekistonning sayohat qilishga arzigulik 19ta ajoyib maskani

Top-5: O‘zbekistonda qaysi kasb egalariga ehtiyoj katta? 

O‘zbekistonda eng yuqori necha ballik zilzila bo‘lishi mumkin?

Amaldorlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari qanday o‘tkaziladi?

Olimlar oldidagi sun'iy to‘siqlar: ahli orif zimmasiga yuklatilgan vazifa nima?

Top