10:04 / 20.05.2017
9403

Vashington IShID bilan kurashishning yangi taktikasini qo‘llamoqchi

Foto:Foto: Handout/ ZUMAPRESS/ globallookpress

AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroq va Suriyada IShIDga qarshi kurashishning yangi taktikasini qo‘llashga qaror qildi. Bu haqda brifingda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis ma'lum qildi. 

Mettisning aytishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp jangarilar bilan kurashish strategiyasiga ikkita o‘zgarish kiritdi. Tramp dushmanning zaif nuqtalariga tajovuzkorlik bilan va o‘z vaqtida zarba berishga buyruq berdi. Ikkinchidan, u "jangarilar o‘rnashib olgan joylardan ularni siqib chiqarish taktikasini ularni tayanch punktlarda qurshab olish taktikasiga o‘zgartirishni" talab qildi.

Mettisning aytishicha, Trampning ushbu qarori jangarilarning o‘z yurtlariga qaytishlariga yo‘l bermaslik istagi bilan shartlangan.

Top