15:30 / 21.05.2017
9620

Foto: Jastin Tryudo Vankuverda bitiruvchi talabalar oldidan yugurib o‘tdi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo yana bir bor internet qahramoniga aylandi. U Vankuverda bitiruv kechasiga yig‘ilgan talabalar orasidan sport kiyimida chopib o‘tgan.

Bosh vazirning shaxsiy fotosuratchisi Adam Skotti u yugurish krossovkasi hamda shortikda Stenli xiyoboni yoqasida to‘plangan yoshlar orasidan yugurib o‘tayotgan mahalni suratga olgan.

Talabalar esa bosh vazirni to‘xtatib, birga suratga tushishni so‘rashgan.

«Biz suhbatlashib turgandik. Shunda Tryudo yugurib o‘tdi. Avvaliga biz nima uchun Kanada bosh vaziri bu yerdaligi haqida o‘yladik. Keyin uni to‘xtatdik va dedik: «Ey, Tryudo, kel, biz bilan suratga tush», deya eslaydi baxtiyor bitiruvchi talabalardan biri Konstantin Maragos CBC telekanali efirida.

Kanada bosh vaziri 2016 yilning avgustida Vankuverdagi Tofuno kurortida suratga tushayotgan kelin-kuyov davrasida syorfingchi kiyimida paydo bo‘lib, ularni quvontirgandi.

Suriyalik qochqinlar oilasi Kanada bosh vaziriga o‘ziga xos tarzda minnatdorchilik bildirdi

Mavzuga oid
Top