22:59 / 21.05.2017
6624

Xokkey, JCh-2017: Rossiya bronza medalini qo‘lga kiritdi

Foto: Aleksandr Safonov

Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Germaniyada o‘tayotgan jahon chempionatida 3-o‘rin uchun uchrashuvda Finlyandiyani mag‘lub etdi. "Lanksess-arena" stadionida o‘tgan uchrashuv 5:3 hisobi bilan yakunlandi.

Rossiya uchun dastlabki 2-bo‘lim muvaffaqiyatli o‘tdi: rossiyalik xokkeychilar raqib darvozasiga 4 ta shayba kiritdilar. Shaybalarni Nikita Gusev, Vladimir Tkachev va Bogdan Kiselevich kiritdilar. 

Biroq 2-bo‘limning oxiri va 3-bo‘limda finlar faollashib, hisobni 4:3 ko‘rinishiga keltirdilar. Finlardan shaybalarni Mikko Rantanen, Mikko Lextonen va Veli-Matti Savinaynen kiritdilar. 

Shundan keyin Nikita Kucherov Rossiyaning 5-shaybasini kiritib, jamoasining bronzani qo‘lga kirishdagi imkoniyatini yanada mustahkamladi.

Eslatib o‘tamiz, oltin medallar uchun Kanada va Shvetsiya o‘rtasidagi final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

JCh-2017. 3-o‘rin uchun uchrashuv

Rossiya – Finlyandiya – 5 : 3 (1:0, 3:1, 1:2)

Shaybalar: 1:0 – Gusev (Antipin, Nichushkin) – 06:58 (5x5); 2:0 – Tkachyov (Nichushkin, Zub) – 21:48 (4x5); 3:0 – Gusev (Panarin, Dadonov) – 27:01 (5x4); 4:0 – Kiselevich (Namestnikov, Nichushkin) – 28:16 (5x5); 4:1 – Rantanen (Filppula) – 39:33 (5x5); 4:2 – Lextonen (Axo) – 41:16 (5x5); 4:3 – Savinaynen (Rantanen, Axo) – 45:29 (5x4); 5:3 – Kucherov (Gusev, Belov) – 48:03 (5x5)

Mavzuga oid
Top