20:35 / 21.05.2017
6005

«Yuventus» qatorasiga oltinchi marta Italiya chempioni, bu rekord natija

«Yuventus» Italiya chempionatida mavsum yakuniga bir tur qolganida «Krotone»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi va «Roma»ni 4 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni kafolatladi. «Krotone»  31 ochko bilan 18-o‘rinda qoldi.

G‘oliblar safida gollarga Mario Manjukich, Paulo Dibala va Aleks Sandro mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan keyin «Yuventus» hisobidagi ochkolar soni 88taga yetdi, «Roma» 84 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

«Yuventus» shu tariqa o‘z tarixida 33-marta Italiya chempioni bo‘ldi, bu turinliklar jamoasining qatorasiga oltinchi yil tengsiz bo‘lishidir. Bu esa rekord natija hisoblanadi. «Milan» va «Inter»da 18tadan chempionlik tituli bor.

Massimiliano Allegri shogirdlari bir necha kun oldin Italiya Kubogini qo‘lga kiritgandi, shuningdek, jamoa YeChL finaliga chiqqan, «Real»ga qarshi final bahsi 3 iyun kuniga belgilangan. 

A Seriya, 37-tur
Yuventus – Krotone 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 12 Manjukich, 2:0 – 39 Dibala, 3:0 – 83 Aleks Sandro. 
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Aleks Sandro, Dani Alves, Benatiya, Pyanich (Rinkon, 84), Markizio (Lemina, 74), Kuadrado (Bardzali, 70), Manjukich, Dibala, Iguain.
Krotone – Kordats, Martella, Ferrari, Chekkerini, Rozi (Sampirizi, 34), Krisetig, Barberis, Nalini, Roden (Akosti, 78), Tonev (Simi, 57), Falchinelli.
Ogohlantirish: Martella (76).

Mavzuga oid
Top