12:43 / 21.05.2017
6691

Janubiy Koreya prezidenti hukumatning yangi a'zolarini tanishtirdi

Foto: Time

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Je In Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi rahbarlari va xavfsizlik masalasi bo‘yicha yangi maslahatchi nomlarini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Prezident qaroriga ko‘ra, endilikda Kim Don Yon Moliya vaziri va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Tashqi ishlar vazirligiga esa BMT bosh kotibining sobiq yordamchisi Kan Gyon Xva rahbar etib tayinlandi.

Prezidentning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Munga saylovoldi shtabida tashqi siyosat masalalarida bosh maslahatchilik qilgan Choy In Yon bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top