08:33 / 22.05.2017
18403

“Eng namunali hududiy sardorlar Kengashi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatining go‘zal tog‘lar bag‘rida joylashgan “Lochin” bolalar dam olish oromgohida O‘zbekiston “Kamolot” YoIH homiyligidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining navbatdagi XVI Respublika anjumani yuqori saviyada bo‘lib o‘tmoqda.

“Vatan do‘stlik va xalqparvarlik uchun” shiori ostidagi mazkur an'anaviy anjuman doirasida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash va o‘zaro tajriba maktabini yaratish maqsadida “Eng namunali hududiy sardorlar Kengashi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Sardorlar qizg‘in va murosasiz tarzda “Bu bizning faoliyat”, “Bizning imkoniyatlarimiz” va “Intellektual ring” kabi betakror va ahamiyatli shartlarda bellashdilar.

Mazkur tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlarning eng zukko bolalaridan iborat terma jamoalar faol ishtirok etdi.

G‘oliblar 27 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tantanali yopilish marosimida e'lon qilinadi hamda tashkilotchilarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlanadi.

Loyiha cheksiz quvonchlarga bilan yuqori kayfiyatda davom etmoqda!

Hojiakbar Pattayev

Mavzuga oid
Top