11:22 / 22.05.2017
6156

Xitoyda josuslikda gumon qilingan 6 yaponiyalik qo‘lga olindi

© AP Photo

Xitoy hukumati Shandun va Xaynan viloyatlarida mart oyida Yaponiyaning 6 fuqarosini qo‘lga olgan va shu vaqtga qadar hibsda tutib turibdi. Bu haqda Yaponiya hukumatidagi manbaga asoslangan holda Kyodo agentligi xabar berdi.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxslar aynan qanday sabab bilan qo‘lga olingani ma'lum emas. Ammo agentlikda qayd etilishicha, ular josuslikda ayblangani haqiqatga yaqin. Bu ikki viloyat ham XXRning muhim harbiy obektlari joylashgan hududlar hisoblanadi.

Manbaning aytishicha, Xitoy hukumati hodisa haqida Tokioga xabar bergan.

2015 yilda ham Xitoy hududida josuslik faoliyati bilan shug‘ullangani uchun 5 nafar yaponiyalik qo‘lga olingandi. Ular sudga tortilgandi. Keyingi jarayon haqida ma'lum qilinmagan.

Bundan oldinroq Xitoy bir necha yil davomida kamida o‘n nafar MRB axborot yetkazuvchisini yo‘q qilgani haqida xabar berilgandi.

Top