Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR yetakchisi armiyani "Pukkikson-2" raketalari bilan tezroq jihozlash topshirig‘ini berdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 21 may kuni o‘tkazilgan "Pukkikson-2" raketasi sinovini eng yuqori bahoga munosib ko‘rib, "100 ball"ga baholagan. Shu bilan birga, u mamlakat qurolli kuchlarini mumkin qadar tezroq ushbu qurollar bilan ta'minlash buyrug‘ini bergan. Bu haqda NHK telekompaniyasi xabar qilmoqda.
"Jangovar navbatdan avvalgi so‘nggi sinov" deb nomlangan jarayonni KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatib turgan.
"Keng qamrovli ommaviy ishlab chiqarishni va armiyani tezroq jihozlashni boshlash kerak", — degan Kim Chen In.
22 may, dushanba kuni KXDR "Pukkikson-2" raketasining sinovi muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot berdi. U dastlab fevral oyida sinalgan bo‘lib, suvosti kemalari ballistik raketalarining quruqlikdagi namunasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:42 / 14.01.2026
Eron Rossiyaga qariyb 3 mlrd dollarlik raketalar sotgan
07:24 / 12.01.2026
Kosmos-2026: yangi raketalar, Oyga parvozlar va ulkan rejalar
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025