18:31 / 22.05.2017
13474

Qirg‘iziston janubida 6 balli zilzila ro‘y berdi

© Fotolia / Arkady Chubykin

22 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi hududida 6 ballik zilzila ro‘y berdi. Qirg‘iziston FVV ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida halokatlar ro‘y bergani haqida ma'lumot kelib tushmagan.

"Respublika fanlar akademiyasi qoshidagi seysmologiya instituti ma'lum qilishicha, Qirg‘iziston janubida, Tojikiston bilan chegarada mahalliy vaqt bilan soat 15:23da (Toshkent vaqti bilan 14:23) zilzila sodir bo‘ldi", deyilgan xabarda.

Seysmologlar ma'lumotiga ko‘ra, zilzila kuchi markazda 6 ballni tashkil etgan. Bor-Dobo, Qora-Kindik qishloqlari aholisi 5 balli zilzila kuchini sezishgan, Nurda 4,5 ball, Soritoshda esa 4 balli zilzila qayd etilgan.

3 may kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida, Dushanbedan 257 km masofada (Farg‘onadan 105 km, Botkentdan 70 km) 7 balli zilzila kuzatilgandi. Bu zilzila kuchi Bishkekda, Olmaotada va Toshkentda sezilgandi. Shu kuni aftershok ro‘y bergan, yer 5,5 balli kuch bilan silkingandi. Shu kungi yer qimirlashlari oqibatida 520ga yaqin uy vayron bo‘lgan, yana 500ga yaqin bino ta'mirtalab ahvolga kelgandi.

Mavzuga oid
Top