18:32 / 22.05.2017
6617

Makron va Putin qachon uchrashishi ma'lum

Foto: Utro

Yelisey saroyining xabar berishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan Versalda 29 may kuni muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Yelisey saroyi tarqatgan bayonotda aytiladi.

Kuni kecha "Kommersant" gazetasi o‘z manbalariga asosan Putinning Fransiyaga tashrifi 29 may kuni amalga oshishi haqida xabar bergandi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tashrifga sabab – fransuz qirollarining Versaldagi qarorgohida Pyotr I’ga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarning ochilishidir.

"Bu ko‘rgazma Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi hamda shu orqali Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning 300 yilligi nishonlanadi", - deya ta'kidlab o‘tishdi Fransiya rahbari ma'muriyatida.

Top