Özbekistonda “Sönggi qönğiroq” tadbirini xonadonlar, restoran va kafelarda ötkaziş qat'iyan taqiqlandi, deb xabar bermoqda 1news.uz. 

“XXI asr”naşrining yozişiça, Xalq ta'limi vazirining 2017 yil 28 apreldagi buyruğida ana şu talab ilgari surilgan. Mirobod tumani prokuraturasi vakili Zarifa Mavlonovaning söziga köra, barça umumta'lim maktablari rahbarlari bu borada mas'uliyatsizlikka yöl qöymaslik haqida ogohlantirilgan. Içki işlar boşqarmasi profilaktika nozirlari öz hududidagi kafe va restoranlarga bitiruv keçalarini ötkazmaslik borasida ogohlantirib çiqqan.

“Hamkorlikdagi faoliyatimiz samarasi ölaroq, ötgan 2015-2016 öquv yilida ham hududimizda öquvçilarning dabdabali bazmlar ötkazişiga yöl qöyilmadi”, deydi prokuratura vakili Z.Mavlonova.

Bundan taşqari, ta'lim muassasalari rahbarlari va öqituvçilarga qimmatbaho sovğalar taqdim etiş, ota-onalardan pul yiğiş, tamagirlik va ortiqça hoyu havaslar ham man etilgan.