Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Isroil va Falastinga tinchlik keltirish maqsadida bormoqda

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastinga ikki kunlik tashrifini boshlamoqda. U ikki davlat o‘rtasiga tinchlik qilishga va'da berar ekan, o‘zidan avvalgi davlat rahbarlari amalga oshirolmagan ishni qanday uddalashiga oydinlik kiritgani yo‘q.
Mahalliy yetakchilar, Al Quds va Baytlahmga tashrif buyurishni rejalagan Amerika davlat rahbariga mavzularga boy uchrashuvlarni tayyorlamoqda. Mazkur tashrif, allaqachon, "tarixiy" deb atalayotgan bo‘lsa ham u amaliy natijaga ega bo‘ladimi-yo‘qmi, noma'lumligicha qolayapti.
"Men prezident Tramp bilan Qo‘shma Shtatlar va Isroil o‘rtasidagi muhim hamda kuchli ittifoqni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qilmoqchiman. Biz xavfsizlik borasidagi aloqalarimizni mustahkamlaymiz hamda tinchlikka erishish yo‘llarini muhokama qilamiz", — degan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.
"O‘ylaymanki, bitimga erishish borasida katta imkoniyat bor… Men Isroil xalqini sevaman va alaloqibatda isroilliklar va falastinliklar tinchlikka erishishlarini xohlayman. Umid qilamanki, bu o‘ylanganimdan ham tezroq amalga oshadi", — degan prezident Isroilning "Israel xa-Yom" nashriga bergan intervyusida.
Tramp, bunga qadar, Isroil va Falastin yetakchilari Netanyaxu hamda Mahmud Abbosni Oq uyda qabul qilishga ulgurgan edi. Ularning ikkisi ham Amerikaning yangi tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirgan edi. Biroq, hozircha, ularning mohiyati oshkor qilingani yo‘q. Shu bilan birga, isroillik siyosatchilar va matbuot bu safar ham yangi tashabbus nimadan iborat ekaniga aniqlik kiritilmasligini taxmin qilmoqda.
"Hozircha, bu tashrif biror amaliy natija bilan yakunlanishi ma'lum emas", — deb yozgan Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman Facebook sahifasida.
"Haaretz" gazetasi, o‘z navbatida, Oq uydagi manbalariga asoslangan holda yozishicha, Trampning tashrifidan ko‘zlangan maqsad 2014 yildan beri muzlatilgan Falastin-Isroil muzokaralarini qayta boshlash emas. "Biz yetakchilarning uchrashuvi yoki uch tomonlama muzokaralarni boshlash vaqti keldi, deb hisoblamaymiz. Bunga hali erta", — deya manba so‘zlarini keltiradi gazeta.
Nashrning yozishicha, Tramp bu safarida Netanyaxu va Abbosni "tinchlik muzokaralarini boshlash uchun qulay sharoit yaratish maqsadida o‘zaro ishonchni mustahkamlaydigan choralar ko‘rishga chaqirish bilan cheklanadi".
Saudiya Arabistonidan uchib keluvchi Trampni Tel-Aviv xalqaro aeroportida Netanyaxu va hukumatning barcha a'zolari kutib oladi. U bu yerdan vertolyot yordamida Quddusga yo‘l oladi va bu yerda Netanyaxu hamda Isroil prezidenti Reuven Rivlin bilan uchrashadi. Tashrif dasturiga ko‘ra, nasroniylik va yahudiylik dinlarining muqaddas qadamjolarini ziyorat qiladi.
23 may kuni Tramp qisqa muddatga Baytlahmga tashrif buyurib, bu yerda Abbos bilan uchrashadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy
Jahon | 23:10 / 19.07.2025
-
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik GES qurishni boshladi
Jahon | 22:48 / 19.07.2025
-
Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda
Jahon | 22:12 / 19.07.2025
-
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
Iqtisodiyot | 21:56 / 19.07.2025
Mavzuga oid

21:18 / 19.07.2025
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi

18:40 / 19.07.2025
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi

17:51 / 19.07.2025
Tramp WSJ nashrini sudga berib, 10 mlrd dollar talab qildi

14:30 / 19.07.2025