17:58 / 22.05.2017
7455

Tramp Isroilga tashrifi davomida Eronga ayblovlar yog‘dirdi

Foto: BBC

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga tashrifi davomida Eron hukumatini terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

«Eron terrorchilarga homiylik qilishni, tayyorlashni va qurol-yarog‘ bilan ta'minlashni bas qilishi kerak», - deya ma'lum qildi Oq uy rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Isroilda har doim do‘stona munosabatlar bo‘lgan, ularni yanada mustahkamlash darkor.

«Bugungi kunda dunyodagi vaziyat bizni o‘zaro harakatlarni kuchaytirishga chaqirmoqda, sababi AQSh va Isroil umumiy tahdidlarga duch keldi, ular orasida IShID va boshqa terrorchilik guruhlari, shuningdek, Eron kabi davlatlar bor», - deya ta'kidlab o‘tdi Tramp.

Bundan tashqari, uning qayd etishicha, Eronda yadro quroli paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Eron prezidenti lavozimiga qayta saylangan Hasan Ruhoniyni terrorizmni moliyalashtirishni to‘xtatishga chaqirgandi.

Mavzuga oid
Top