Kun.uz tahririyatiga quyidagi mazmunda maktub kelib tushdi: “O‘zim o‘qituvchiman, Toshkent shahridagi maktabda ishlayman. Oxirgi vaqtlarda biz o‘qituvchilarga qo‘yilgan qog‘ozbozlik talablaridan qochib ketgimiz keladi. Lekin na iloj bolalarni boqishimiz, ro‘zg‘or tebratishimiz kerak. 

Shu qog‘ozlardan qochib, oliygohlarni tugatgan yoshlar maktabga ishga kelmaydi, boshqa joydan ish qidiradi. Darsga puxta tayyorlanishga, o‘z ustimizda ishlashga vaqt qolmaydi. Yana bir og‘riqli muammo - bu darsdan keyingi to‘garaklar. Soat 2-3 gacha bolalar qolgisi kelmaydi, chunki ular och qolishadi. Keyin har xil sport maktablarida mashg‘ulotlari bo‘ladi, ingliz tili va boshqa to‘garaklar ham bor. Maktabga tekshiruvchilar kelganda, birinchi o‘rinda, o‘sha to‘garaklar ishi tekshiriladi. Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar, iktidorlilar bilan ishlash-ku mayli, lekin fan to‘garaklarida har xil buyumlarni yasashni biz o‘rgatishimiz kerak-mi?! Biz mehnat ustozlari emasmiz-ku?!

To‘g‘ri, hozirgi yoshlar bo‘sh qolmasligi kerak, band bo‘lishi zarur, lekin har bitta ota-ona bolasini o‘ylab, maktabdan tashqari har-xil to‘garaklarga beradi-ku! O‘sha mashg‘ulotlarni (bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan ishlash va hokazo) soat 2 da tugashi kerak, deb o‘ylayman. Shunda o‘quvchi ham charchamaydi va yana kelishni xohlaydi”.

Murojaat egasi ismini sir saqlanishini so‘rab qolgan. Masala yuzasidan Xalq ta'lim vazirligiga yuzlanganimizda vazirlikning Ta'lim muassasalarida o‘quv tarbiya jarayonini rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdurahim Nosirov quyidagi tartibda javob qaytardi:

“Xalq ta'limi vazirligi pedagoglarni turli qog‘ozbozlikdan xalos etish va ularni asosiy ishi – ko‘proq o‘quvchilar bilan ishlashga imkoniyat yaratib berish maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, o‘qituvchilarning namunaviy yillik ish rejasi qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirildi. Masalan,  umumta'lim maktabi o‘qituvchilarining namunaviy yillik ish rejasi 2011-2012 o‘quv yiliga qadar 5 ta yo‘nalish 33 ta ish turidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, yangi tahrirdagi namunaviy yillik ish rejasida  o‘qituvchilarning asosiy faoliyati dars, darsga tayyorgarlik ko‘rish va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlariga qaratilib, 3 ta yo‘nalish 10 ta ish turidan iborat etib belgilandi. 

Qolaversa, Xalq ta'limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2010 yil 27 maydagi  125- va 125q/b -sonli qo‘shma  buyruqlariga asosan o‘qituvchi tomonidan yuritilgan 18 ta turli daftarlar qisqartirilib, ularning soni 6 taga tushirildi. Bular:

  • -  yillik ish rejasi;
  • -  tarbiyaviy ishlar rejasi (sinf rahbari uchun);